Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tikuvchilik fabrikasida ish o‘rinlari va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat ichki kanallarni yaxshilash ishlarini nazoratga oldi
Deputat “Oqtepa” mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi!

Deputat “Oqtepa” mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi!

3-Romish saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati R.Bozorova saylovchilarga deputatlik faoliyati bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida axborot berdi. Deputatlik faoliyati davomida “mahalla yettiligi” bilan doimiy hamkorlikda ish olib borilayotganligi natijasida fuqarolar murojaatlar o‘z yechimini topayotganligi bildirildi. Shuningdek Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilinayotgan yangi Qonunlarning mazmun mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi.

 Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bir bo‘lgan mahallada elektr energiya tizimini yaxshilash holati yuzasidan Oqtepa qishlog‘ida muammo borligi bildirildi.

 Deputat mazkur holatni bartaraf qilish yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullariga o‘z ko‘rsatmalarini berdi va bildirilgan muammoni bartaraf qilish yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O.Usmonov nomiga deputat so‘rovi yuborildi. t.me/JondorKengashi

Slide 1 of 4