Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tikuvchilik fabrikasida ish o‘rinlari va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat ichki kanallarni yaxshilash ishlarini nazoratga oldi
янв.21
Deputat o‘zi tahsil olgan maktabda ko‘chat ekdi
янв.21
Deputat Mamanova Karomat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi natijasida muammo hal etildi
янв.21
Deputat aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi va bemorlar bilan suhbatlashdi
янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat maktab hududini ko‘kalamzor qilishga hissa qo‘shdi
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma birinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma birinchi sessiyasi o‘tkazildi.

SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI

Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma birinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Kun tartibida 7 ta masala ko‘rib chiqildi.

Dastlab, Davlat kadastrlari palatasi Kattaqo‘rg‘on shahar filiali boshlig‘i M.Ochilovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmonida har bir berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash shuningdek, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937 sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining shaharda bajarilishi holati to‘g‘risida”gi hisoboti eshitildi.

Shundan so‘ng shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i L.Ziyaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmonida har bir berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi bandligini taminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” hisobot berdi.

Shuningdek, sessiyada  shahar Kengashining 2026-yil 13-fevraldagi VII-19-6-7-106-K/26-sonli “Kattaqo‘rg‘on shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida, Kattaqo‘rg‘on shahar “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevral “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarorining shaharda ijrosini ta’minlashdagi vazifalarni belgilash to‘g‘risida hamda 2026-yil 1-mavsum “Tashabbusli budjet” jarayonlari yakuniga ko‘ra g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalar yuzasidan qarorlari tasdiqlandi.

Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 10