Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tikuvchilik fabrikasida ish o‘rinlari va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat ichki kanallarni yaxshilash ishlarini nazoratga oldi
янв.21
Deputat o‘zi tahsil olgan maktabda ko‘chat ekdi
янв.21
Deputat Mamanova Karomat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi natijasida muammo hal etildi
Deputat va yoshlar

 Tumanda har payshanba kuni yoshlar bilan uchrashuvlar izchil tashkil etilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri Xalq deputatlari tuman Kengashining 12-Xidirsha saylov okrugidan saylangan deputat O‘tkirbek Xo‘janazarov No‘monjonovich tomonidan hududdagi 15-umumta’lim maktabining bitiruvchi o‘quvchilari bilan o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning kelajak rejalari, kasb tanlashdagi qarashlari hamda duch kelayotgan muammolari muhokama qilindi. Deputat tomonidan yoshlarga to‘g‘ri yo‘l tanlash, zamonaviy kasb-hunar egallash va o‘z ustida doimiy ishlash borasida muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda kelgusida amalga oshiriladigan loyihalarga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, ularning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish hamda kelajak avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.   

Slide 1 of 6