Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida uy-joy ta’miri bo‘yicha murojaatni o‘rgandi
янв.21
Deputat nazoratida: yangi maktab qurilishi diqqat markazida
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
📌Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 2026-yil mart oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

📌Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 2026-yil mart oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, mart oyida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

Hisobotlar va muhokamalar:

✍🏻O‘rta Chirchiq tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarga kiritilayotgan loyihalarni ko‘rib chiqish;

(Mas'ul: Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyada hamda tegishliligi bo‘yicha boshqa doimiy komissiyalar)

✍🏻doimiy komissiya yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, deputatlarning saylovchilar va “mahalla yettiligi” bilan muloqotlari, nazorat-tahlil tadbirlari natijalaridan kelib chiqqan muammoli masalalar yuzasidan so‘rovlarini tayyorlash hamda Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish;

(Mas'ul: tegishliligi bo‘yicha barcha doimiy komissiyalar )

✍🏻O‘rta Chirchiq tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hamda «Ijtimoiy daftarlar» jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli sarflanishini o‘rganish;

(Mas'ul: Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyada hamda tegishliligi bo‘yicha boshqa doimiy komissiyalar)

✍🏻O‘rta Chirchiq tuman davlat kadastr bo‘limlarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va natijasini muhokama qilish;

(Mas'ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyada)

✍🏻“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning ijrosini o‘rganish hamda natijalarini komissiya yig‘ilishida muhokama qilish;

(Mas'ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

✍🏻O‘rta Chirchiq tumanida yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish hamda yakunlarini muhokama qilish;

(Mas'ul: Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyada)

✍🏻Mahalliy Kengash faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Kengash faoliyati yuzasidan tahliliy axborotlarni Kengash veb-saytiga joylashtirib borish.

(Mas'ul: tuman Kengashi kotibiyati hodimlari)

✅Kengashning asosiy vazifalari:

- Deputat so‘rovlarga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish.

- Deputatlar tomonidan saylovchilar oldida axborot berib borish holatini muhokama qilish.

- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi va yangi qabul qilingan qonunlarning targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish.

Ushbu tadbirlar mart oyi yakunigacha xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.