#Sessiyadan
Tuman hokimi o‘rinbosari U.Quvatovning hisoboti yuzasidan tuman Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan savol berildi.
📣Sessiya jarayonida deputat tumandagi “Baxor” mahallasida joylashgan 11-son umumta’lim maktabiga olib boruvchi yo‘lning bugungi holati o‘quvchilar qatnovida noqulayliklar tug‘dirayotganini alohida ta’kidlab, ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan qanday aniq choralar ko‘rilishi bo‘yicha savol yo‘lladi.
📊O‘z navbatida, tuman hokimi o‘rinbosari U.Quvatov mazkur masalaga izoh berar ekan, tumandagi “Baxor” mahallasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, ushbu reja doirasida maktabga olib boruvchi yo‘l bilan bog‘liq muammo ham bosqichma-bosqich bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)