Yuqori Archa MFYda 24 ta savollik asosida o‘rganish o‘tkazildi
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori
hamda Senat Kengashining QQ-35-V-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida
17-Chimyon saylov okrugi deputati, tuman Kengashi raisi Baxodir Axmadjonov tomonidan
hududda 24 ta savollik asosida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🔹 O‘rganish davomida mahalla yettiligi bilan muloqot o‘tkazilib,
aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish samaradorligi, muammolarni aniqlash
va hal etish mexanizmlari, shuningdek, yoshlar va sport yo‘nalishida amalga oshirilayotgan
ishlar tahlil qilindi.
🔹 Shu bilan birga, hududda kambag‘allikni qisqartirish va
bandlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanayotgan fuqaro K.Q.ning murojaati o‘rganilib, unga mavjud imkoniyatlar
va kredit olish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.