Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tikuvchilik fabrikasida ish o‘rinlari va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat ichki kanallarni yaxshilash ishlarini nazoratga oldi
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 18- SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 18- SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

30-mart kuni Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining 18- sessiyasi bo‘lib o‘tdi, sessiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman tashkilotlari rahbarlari, siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i hisoboti,

-Tuman mahalliy budjetining 2026-yil boshiga erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘larni yo’naltirish to’g’risida tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i hisoboti,

-Tuman hokimligiga “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i hisoboti,

-2026-yil 1-mavsumida “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o’rinbosarining hisoboti,

-Tuman davlat kadastr bo‘limida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va natijasini muhokama qilish hamda Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida hisoboti,

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5 sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktorining hisoboti haqida,

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmonining 11-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim “master-reja”sini tasdiqlash haqida Ekologiya, atrof -muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.

O‘tkazilgan sessiya davomida deputatlar sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Sessiya yakunida tuman Kengashi deputatlari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 19