Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tikuvchilik fabrikasida ish o‘rinlari va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat ichki kanallarni yaxshilash ishlarini nazoratga oldi
янв.21
Deputat o‘zi tahsil olgan maktabda ko‘chat ekdi
янв.21
Deputat Mamanova Karomat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi natijasida muammo hal etildi
янв.21
Deputat aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi va bemorlar bilan suhbatlashdi
янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat maktab hududini ko‘kalamzor qilishga hissa qo‘shdi
Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi muammolarini o‘rganish va "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

✅Jumladan, tasdiqlangan grafik asosida 12-“Obod yurt” saylov okrugidan saylangan deputat N.Allamuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov "Obod yurt" mahallasida bo‘lishdi.

✅O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

✅Mahalladagi "yettilik" tizimining o‘zaro hamkorligi va samaradorligi;

✅Aholi murojaatlari bilan ishlash holati;

✅Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va rejalashtirilgan ishlar.

✅Uchrashuv davomida deputat tomonidan "mahalla yettiligi"ga aholi bilan ishlashda sifat ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Xalq vakillari va mahalla faollarining bunday hamkorligi hudud obodligi va fuqarolar farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Asosiy maqsad — mahalla tizimidagi mas’ullarning faoliyatini tahlil qilish, aholi turmush darajasini yaxshilashda deputatlik nazoratini o‘rnatish va mavjud muammolarga birgalikda yechim topishdir.

Slide 1 of 4