Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Oltinko'l mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Deputat mahallada o'rganish ishlari olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Shodmonov Zoir Xolmurot o'g'li 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
“Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati va tashkilot hamkorligida nosozlik bartaraf etildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan muntazam ravishda o'rganib borilmoqda
Deputat so‘rovi ijobiy hal qilindi

Deputat so‘rovi ijobiy hal qilindi ✅

Shovot tumani Xalq deputatlari tuman kengashi deputati M.Madraximovga Ipakchi mahallasi saylovchilari tomonidan og‘zaki murojaat yo‘llangan edi.

Murojaatda Ipakchi mahallasi Islom Karimov ko‘chasida (23-DMTT oldida) ichimlik suvi quvuri teshilib, suv isrof bo‘layotgani ma’lum qilingan. 💧

Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan Xorazmsuvta’minoti AJning Shovot tumani filiali boshlig‘i K. Vaisov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Natijada korxona xodimlari tomonidan muammo tezkorlik bilan bartaraf etildi va ichimlik suvi sizib chiqishi to‘xtatildi. 🛠

Aholi murojaatlariga befarq bo‘lmaslik va muammolarni o‘z vaqtida hal etish – deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir.

Slide 1 of 2