🏟 Sport inshootlari holati deputat nazoratida
Guliston saylov okrugi deputati R.Muxtorova tomonidan mahallalardagi sport
infratuzilmasini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Navbatdagi o‘rganish
manzili 3-umumta’lim maktabi bo‘ldi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: ✅ Sport zallarining holati:
Binoning tozaligi, yoritilishi va isitish tizimining barqarorligi ko‘zdan
kechirildi. ✅ Sport anjomlari: O‘quvchilar
va mahalla yoshlari foydalanishi uchun mavjud bo‘lgan sport jihozlarining soni
va sifati tahlil qilindi. ✅ Foydalanish samaradorligi: Maktab sport zalidan
darsdan tashqari vaqtlarda mahalla yoshlari va aholining foydalanish darajasi
o‘rganildi.
"Yoshlarning sog‘lom turmush tarzini ta’minlash uchun nafaqat sport
zali bo‘lishi, balki undagi sharoitlar va anjomlar ham zamonaviy talablarga
javob berishi shart", — deya ta’kidladi R.Muxtorova.