Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tikuvchilik fabrikasida ish o‘rinlari va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat ichki kanallarni yaxshilash ishlarini nazoratga oldi
янв.21
Deputat o‘zi tahsil olgan maktabda ko‘chat ekdi
Deputatlar tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berildi

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda mahalliy Kengash deputatlarining saylovchilarga deputatlik faoliyati to‘g‘risida axborot berib borishi belgilangan.

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan ham mazkur qonun ijrosini amalga oshirish maqsadida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish tartibi tasdiqlangan.

Mazkur qarorlar ijrosini amalga oshirish maqsadida tuman Kengashi deputatlari o‘z okruglarida belgilangan reja-grafik asosida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot bermoqdalar.

Xususan bugun “3-Paxtakor” saylov okrugidan saylangan deputat Kasimova Saodat tomonidan “Juvozxona” mahallasida yashovchi fuqarolar bilan 45-maktab binosida, “5-Oxunboboyev” saylov okrugidan saylangan deputat Zokirova Dilfuza tomonidan “Baxrin” mahallasida yashovchi fuqarolar bilan 20-maktab binosida, “26-Pong” saylov okrugidan saylangan deputat Asqarova Farog‘at tomonidan “Xo‘ja Ismoil” mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda deputatning saylovoldi dasturi ijrosi yuzasidan qilingan ishlar; mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborilgan deputat so‘rovlari, murojaatlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlar, mahalliy Kengash sessiyasida hududiy davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitish va eshituv yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar haqidagi ma’lumotlar, hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, deputatning aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan qilingan ishlari haqidagi ma’lumotlar, o‘z saylov okrugidagi ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, maishiy va boshqa muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha rejalar, navbatdagi axborot berish davrigacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida shuningdek, Yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi Qabul qilinayotgan qonun to‘g‘risida hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan faoliyat to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Uchrasuv yakunlarida fuqarolarning murojaatlari eshitilib, tegishli tushuntirishlar berildi, murojaatlarni ijobiy hal etish uchun nazoratga olindi.

Slide 1 of 7