“Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy
Kengashlar deputatlari va senatorlarning Mahalla yettiligi bilan o‘zaro
hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli
qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi
deputati U.Nishanbekova ishtirokida “Binokor” mahallasida nuroniylar hamda mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv
tashkil etildi. Mahallada “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga
oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mahalla fuqarolaridan tushayotgan
murojaatlar muhokamasi qilindi. Murojaatlarni ijobiy hal qilish choralari
bo‘yicha yettilik fikri o‘rganildi.