Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 5-Quruvchi saylov okrugidan saylangan deputat Isoqulov Abbos Bo‘riboy o‘g‘lining Samarqand mahalla fuqarolar saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglandi, ularni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilma va aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.
Uchrashuv chog‘ida isitish, elektr va suv tizimlarini yaxshilash, atrofni obodonlashtirish va qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar aholining davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, joylardagi dolzarb masalalarga yechim topish hamda deputat va saylovchi o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.