Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati va tashkilot hamkorligida nosozlik bartaraf etildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan muntazam ravishda o'rganib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Misratullayev Boburjon tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Paxtakor tumani 9-sonli umumta’lim maktabi binosida Dilorom mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va mahalla yettiligi a’zolarining mahallalarda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar fuqaro murojaati yuzasidan o'rganish olib bordi
янв.21
Deputat mahalladagi obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 7-chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
Jamoatchilik tashabbusi – deputatlar nazoratida.

 Jamoatchilik tashabbusi – deputatlar nazoratida. 

Quva tumanida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5072-son Qarori,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil
30 yanvardagi KQ–666-IV-son va 2024 yil 29 iyuldagi KQ–787-IV-son qarorlariga muvofiq,
2025 yilning ikkinchi bosqichida jamoatchilik ovozi asosida g‘olib deb topilgan
loyihalar soni 16 tani tashkil etdi.
 

Mazkur loyihalarning sifatli amalga
oshirilishini ta’minlash maqsadida ularni nazorat qilish jarayoni keng jamoatchilik,
jumladan, xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
 

Shu munosabat bilan deputatlar
mazkur loyihalar ijrosi doirasida mahallalarda olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar.
 

Xususan, deputatlar Ittifoq mahalla
fuqarolar yig‘ini hududidagi Dashtobod, Hamkorlik, Do‘stlik va Birlik ko‘chalarining
ichki yo‘llarini “Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi” tomonidan,
hamda Nayman mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Barkamol va Maorif ko‘chalarining
ichki yo‘llarini “Farg‘ona yo‘l qurilish ta’mirlash” MChJ tomonidan asfalt qoplamasi
yotqizishga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.
 

O‘rganishlar jarayonida deputatlar
loyihalarni amalga oshirishga mas’ul tashkilot va mutasaddilarga ishlar sifatini
ta’minlash hamda belgilangan muddatlarda yakuniga yetkazish zarurligi yuzasidan
tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdilar.
  

Slide 1 of 7