Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tumandagi yangi bog'chaning qurilish ishlari bilan tanishdi!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING VII-CHAQIRIQ 15-SESSIYASI O‘TKAZILDI.
янв.21
Deputat tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING VII-CHAQIRIQ 14-SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING 13-SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari hamda reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari boʻyicha doimiy komissiyalarining qo'shma majlis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Munosabat

BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi xalqaro hamjamiyat oldida O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi va maqsadlarini ifodaladi. Nutqda, avvalo, BMTning global masalalarni hal etishda o‘rni beqiyos ekani ta’kidlandi. Davlat rahbari Xavfsizlik Kengashini isloh qilish, rivojlanayotgan mamlakatlarning ovozini oshirish kabi dolzarb takliflar bilan chiqdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar – kambag‘allikning kamayishi, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, ekologiya va yashil energetikaga e’tibor berilayotgani alohida qayd etildi. Bu yutuqlar mamlakatning ichki barqarorligini mustahkamlash bilan birga, xalqaro maydondagi obro‘sini ham yuksaltirmoqda.

Prezident tashqi siyosat masalalariga ham to‘xtalar ekan, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, Afg‘onistonda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash, iqlim o‘zgarishi va global xavfsizlik masalalarida birgalikda harakat qilish zarurligini ta’kidladi.

Umuman, ushbu nutq O‘zbekistonning xalqaro miqyosda hamkorlikka ochiq, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida faol tashabbuskor davlat sifatida o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab borayotganidan dalolat beradi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati Mamanova Karomat Xolmanovna

Slide 1 of 1