✅Zangiota tumani Kengashi deputati A.Shapovalov tomonidan “Bog‘zor” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilayotgan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
✅Mas’ullarga aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.