Yangiliklar

CHUSTIY MFY HUDUDIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI DEPUTAT ARALASHUVI NATIJASIDA JORIY TA’MIRLANDI

CHUSTIY MFY HUDUDIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI DEPUTAT ARALASHUVI NATIJASIDA JORIY TA’MIRLANDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov tomonidan "Chustiy" MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari asosida bolalar maydonchasining holati o‘rganildi.

📎 O‘rganishlar davomida bolalar maydonchasida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurati aniqlanib, masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi.

📌 Deputatlik aralashuvi va nazorati natijasida bolalar maydonchasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada hududdagi bolalar uchun qulay, obod va xavfsiz o‘yin maydonchasi yaratildi.

✅ Mazkur amaliy ishlar fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni amaliy jihatdan hal etishda deputatlik faoliyatining samaradorligini namoyon etadi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 5