O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan ishlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish borasidagi chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish va profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.