Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat faoliyatidan...
янв.21
Deputat faoliyatidan...
янв.21
Viloyat Kengashi deputati faoliyatidan...
янв.21
Deputat faoliyatidan...
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 10-Gulobod saylov okrugi deputati Abror Kamolov faoliyatidan...
янв.21
Paxtachi tumani deputatlari tomonidan Davlat dasturi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Пахтачи туман депутати аҳоли билан солиқ тизимидаги янгиликлари тўғрисида фикрлашмоқда.
янв.21
Paxtachi tuman Deputatlar Kengashi deputati bolalar tugaragida.
янв.21
Paxtachi tuman Kengashi deputati bolalar sport tugaraklarida qatnashish jarayonlarini o'rganish uchun bordi.
HARBIY VATANPARVARLIK TADBIRI O‘TKAZILDI

HARBIY VATANPARVARLIK TADBIRI O‘TKAZILDI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qiziltepa tuman bo’linmasi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Yoshlar ishlari bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan sananing 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tumandagi 7532-harbiy qismda “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” mavzusida ochiq eshiklar kuni, harbiylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mardlik, sadoqat va jasorat tuyg‘ularini rivojlantirish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida tashkil etilgan tadbirda yoshlar harbiy texnikalar, qurol-aslahalar hamda askarlarning harbiy qismdagi hayoti bilan yaqindan tanishib, ma’lumotlar olishdi. 

Shu o‘rinda yoshlar ham ushbu maskanga qilgan sayohati, harbiy xizmatchilarning hayoti, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish davomida vatanga xizmat qilishdek mas’uliyatli burchni ado etishni o‘z oldilariga maqsad qilishdi.

Slide 1 of 7