Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va iqtisodiyot va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Otamurodovaning hisoboti;
2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan 2024-yil davomida amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida hamda 2025-yil I choragiga mo‘ljallangan “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash to‘g‘risida tuman sektor kotiblarining hisoboti;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonini ijrosi yuzasidan tumanining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va uning natijalari to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bosh mutaxassisi Sh.Isoxonovning hisoboti;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli Qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bosh mutaxassisi Sh.Isoxonovning hisoboti;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va iqtisodiyot va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.Shoniyazovning hisoboti;
6. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi O‘RQ-684-son “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, ya’ni davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari bo‘yicha tuman G‘aznachilik bo‘limi boshlig‘i J.Xaydarovning hisoboti haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi.