XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvda Surxondaryo Viloyat Kengashi deputati Toshqulov Abduqodir Hamidovich ,Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati K.Amanqulov tumandagi "Navbahor'" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida deputatlar aholi bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tinglashdi. Fuqarolar tomonidan asosan maktabgacha va maktab ta'limi, ish o'rinlari, qishloq xo'jaligi,yo'l, kommunal sohalarda va boshqa masalalardagi murojaatlar aytib o’tildi.
Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar hamda fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzib olinib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi ta'kidlandi.
https://t.me/bandixon_deputatlari