Yangiliklar

Konimex tumanda joylashgan ixtisoslashtirilgan maktabning sun'iy qoplamali stadion qurilishi loyihasi bilan deputatlarimiz tanishdi.

Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputatlari N.Raxmatov hamda R.Ro'ziyev bugungi kunda "ISTAM QURILISH" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur qurilish loyihasi asosida qurilish ishlarini ko'rdi. Qiymati 542,4 mln. so'mni tashkil etuvchi mazkur ishlar  doirasida qulay va zamonaviy ko'rinishga ega stadion tumanimiz yoshlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratadi.

Slide 1 of 1