Korrupsiyaga qarshi kurashish Sariosiyo tuman komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Ushbu yig‘ilishga Korrupsiyaga qarshi kurashish Sariosiyo tuman komissiyasi raisi A.Donayev raislik qildi. Yig‘ilishda tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tuman komissiyasining 2024 yil 2-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosini ta’minlash va rahbar xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari ijrosi tahlil etildi.