Yig‘ilishda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarning 2024-yilning ikkinchi choragida ijrosi haqida tuman hokimining o‘rinbosari Z.M.Raxmatov, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i H.G‘.Jovliyev xamda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 6-aprelda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlisining 10-sonli bayonnomasi ijrosi yuzasidan O.Xaydarqulovalarning hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakuni bilan doimiy komissiyalarining qarorlari qabul qilindi.