Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari Sh. Musirmanov, B. Xolikulov hamda kotibiyat mudiri R. Magripova ishtirokida tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.