Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxasisi M. Turdimuxammatov Yangiyer shahar Kengashi kotibiyatida bo‘lib, ularning ish faoliyati bilan tanishdi va o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida shahar Kengashi sessiyasida qabul qilingan qarorlar ijrosi, Kengash va doimiy komissiyalarning yillik ish rejalarii, “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan deputatlik nazoratining o‘rnatilishi, “mahalla yettiligi” bilan deputatlarning hamkorligida olib borilayotgan ishlar, deputatlik so‘rovlari, nomenklatura hujjatlarning yuritilishi va shu kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan shahar Kengashi kotibiyati xodimlariga kerakli tavsiyalar berildi