📌Bugun 11-iyun kuni Xalq deputatlari Bo'stonliq tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiyalarining qo'shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹Bo‘stonliq tumani lchki ishlar boshqarmasining 2024-yil 2-chorak yakuni bilan tumanda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha bilan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;
🔹Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi “2022-2026-yillarda Toshkent viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 228-sonli qarori
ijrosi yuzasidan tuman 3-sektor rahbarining hisoboti to‘g‘risida;
🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ga asosan Bo'stonliq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o'rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasining 2024-yil 2-chorak ijrosi to'g'risida;
🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmonini joriy yil iyun oyi ijrosi to‘g‘risida;
🔹Bo'stonliq tumanida 2024 yil birinchi mavsum “Ochiq budjet” axborot portali orqali g'olib bo'lgan loyihalar bo'yicha 2024-yil 2-chorakda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
🔹Bo'stonliq tumani mahalliy budjetini 2024-yil 2-chorak ijrosi hamda xarajatlar yoyilmasiga kiritilgan o'zgartirishlar to‘gʻrisida.
Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.