Angren shahar Kotibiyatida Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi Doimiy komissiya raislari ishtirokidagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish kun tartibidagi Angren shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari S.Anarbayevning 2024-yil 6 oy yakuni bo‘yicha hisoboti, Angren shahar Xalq qabulxonasi mudiri N.Gafurovaning 2024-yil 2-iyuldagi 69-sonli “Joriy yilning 1- yarim yilligi davomida olib borilgan ishlar yuzasidan” axboroti, Angren Shahar Adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 2-choragi davomida amalga oshirgan ishlar bo‘yicha Adliya bo‘limi boshlig‘i R.Xusanovning 2024 yil 8-iyuldagi axboroti, shahar Kengashiga kelib tushgan murojaatlar va boshqa masalalar muhokama qilindi. Xalq deputatlari shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishida Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi raisi A. Rayimov ham ishtirok etdi.