Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat faoliyatidan...
янв.21
Viloyat Kengashi deputati faoliyatidan...
янв.21
Deputat faoliyatidan...
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 10-Gulobod saylov okrugi deputati Abror Kamolov faoliyatidan...
янв.21
Paxtachi tumani deputatlari tomonidan Davlat dasturi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Пахтачи туман депутати аҳоли билан солиқ тизимидаги янгиликлари тўғрисида фикрлашмоқда.
янв.21
Paxtachi tuman Deputatlar Kengashi deputati bolalar tugaragida.
янв.21
Paxtachi tuman Kengashi deputati bolalar sport tugaraklarida qatnashish jarayonlarini o'rganish uchun bordi.
янв.21
Sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
SIRDARYOLIK DEPUTATLAR TOSHKENT VILOYATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining rejasiga asosan mahalliy kengashlar
deputatlari faoliyatini yanada takomillashtirish, Kengashlarning sohadagi
ijobiy yutuqlari, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatlararo yaxshi
tajribalarni almashish va ommalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Senat
devoni xodimlari va Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputatlari va
kotibiyat mudirlari joriy yilning 3-5 iyul kunlari viloyatimizda bo‘lishdi.
 

Dastlab mehmonlar viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bilan uchrashib, davlatimiz rahbari
tomonidan ilgari surilayotgan tashabbus va g‘oyalarni hayotga tatbiq etish
jarayonlari yuzasidan muloqot qilishdi.
 

Mehmonlar shu kuni Nurafshon shahrida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi
sessiyasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.
 

Shundan so‘ng viloyat ma’muriy markazidagi “Nurafshon Business City” hududidagi
bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdi, shuningdek, Zulfiya Zokirova va uning
kelinlari sharafiga o‘rnatilgan "Matonat madhiyasi” majmuasini ziyorat
qilishdi.
 

Ikki kunlik tashrifda mehmonlar Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati
faoliyatini o‘rganishdi. Jumladan, Oliy Majlis Senati Kengashining 706-sonli
qarori ijrosi, Kengash huzuridagi “Yoshlar parlamenti vakillari maktabi”
faoliyati bo‘yicha taqdimotga guvoh bo‘lishdi.
 

Bundan tashqari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi “Qalmoqqir” koniga sayohat
qilib, yangi mis boyitish fabrikasi – «MOF-3» mega-loyihasi bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.
 

Mehmonlar Bo‘stonliq va Zangiota tumanlarining diqqatga molik manzillarida ham bo‘lib,
viloyatimizning ijtimoiy hayoti, aholi kayfiyati va turmushi bilan yaqindan
tanishishdi.
  

Slide 1 of 4