Deputat mahallada
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Abdaxatov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1- iyuldagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish” haqidagi PF–82-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan, Baxmal mahallasidagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi bo‘yicha ishlarini ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, yolg‘iz keksalarni ro‘yxatga olish, ijtimoiy xizmatlar (parvarish, maslahat, yordam) ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.