Yangiliklar

#qabul

O‘rta Chirchiq tumanida aholining mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini o‘rganish yuzasidan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Ixtiyor Kasimovning navbatdagi aholi qabuli o‘tkazildi. Unda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i, Xalq qabulxonasi mudiri, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, tegishli mas’ullar ishtirok etdi. 

Qabul davomida aholining 44 ta kommunal sohadagi muammolari, uy-joy olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, bola puli, subsidiya olish, pensiya, bandlik, ta’lim kabi murojaatlari tinglandi va 10 ta murojaatlar tuman rahbarining nazoratiga olindi. 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1