Yangiliklar

Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik

Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Mastura Ma’murjonova hududdagi o‘rganishlari doirasida “Mehnat” mahallasida bo‘ldi.

Tashrifning asosiy maqsadi — mahallada aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish va bandlikni ta’minlash borasida “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda ularga amaliy ko‘mak berishdan iborat.

Uchrashuv davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

 "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dagi fuqarolar bilan ishlash tizimi;

Mahalla hududidagi infratuzilma holati va aholining yashash sharoitlari;

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning yechimi bo‘yicha "yettilik"ning o‘zaro muvofiqlashgan faoliyati.