Yangiliklar

Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi

Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi

Bahor — yangilanish va yasharish fasli. Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Safargul Rajabova tashabbusi bilan "Yangi yo‘l" mahallasida milliy qadriyatimiz bo‘lmish sumalak sayli tashkil etildi.

Tadbirda mahalla ayollari, nuroniy onaxonlar hamda yoshlar jam bo‘lib, doshqozon atrofida ezgu niyatlar bilan sumalak kavladilar. Bu kabi tadbirlar mahalladagi mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlash, urf-odatlarimizni kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.