Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining Ijtimoy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida navbatdagi sessiyaga kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 253-son qarori ijrosi hamda 2026-yil 1-choragi davomida tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Inson ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G.Bobonazarovaning hisoboti eshitildi.