Mazkur o‘rganishlarda Xalqparvar komissiyasi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A. Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov hamda tuman Kengashi deputati X. Tavasharov, Xalqparvar komissiyasi a’zolari ishtirok etdi. Xususan, tuman tibbiyot birlashmasi hududida yangidan barpo etilayotgan bino qurilish jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov hamda I. Roziqov tomonidan qayd etildi.
Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va korxonalarga rasmiy aloqa xatlari yuborildi. Shu bilan birga, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati