Bugun Nurobod tumani hokimligida Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari R.Mamatov, Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari va tuman Kengashi deputatlari ishtirokida xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining navbatdan tashqari sakson oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan dastlabki masala – tumanda aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.