Tomdi tumanida "Onalik va bolalikni muhofaza qilish va sport tadbirlari" kuni munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Dospanbetova "Shiyeli" ovul fuqarolar yig‘inidagi OSHP xodimlari bilan suhbat o‘tkazdi.
Yig‘ilishda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, reproduktiv yoshdagi ayollarni kontrasepsiya vositalari bilan qamrab olish, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish va istalmagan homiladorliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga oid tegishli tavsiyalar berildi.