Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📚 Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

Buyuk mutafakkir va so‘z san’ati sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanidagi 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N.Saidova ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy g‘azal va ruboiylaridan namunalar ifodali o‘qildi, shoir ijodiga bag‘ishlangan musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

Mazkur tadbir yosh avlod qalbida mumtoz adabiyotga bo‘lgan muhabbatni oshirish, buyuk mutafakkir merosini keng targ‘ib etish hamda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4