Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

Hududdagi kutubxonalar holati deputat nazoratida

Madaniyat va ma’rifat maskanlarining holati, ularda yaratilgan sharoitlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari doimiy deputat nazoratida.

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 16-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat Magripova Ro‘zigul Toshniyozovna tuman markaziy kutubxonasining faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida:

— kutubxona fondidagi kitoblar soni va yangilanish darajasi;

— o‘quvchilar uchun yaratilgan o‘qish joylari;

— kompyuter va axborot texnologiyalari bilan ta’minlanganlik;

— yoritish, isitish va saqlash sharoitlari;

— kitoblardan foydalanish statistikasi

kabi ko‘rsatkichlar o‘rganib chiqildi.

Slide 1 of 2