Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva Tomoyrot mahallasida joylashgan 71-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining isitish tizimi holatini ko'zdan kechirdi.

#Deputat_faoliyati

O‘quvchilar uchun qulay sharoitlar – deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva Tomoyrot mahallasida joylashgan 71-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining isitish tizimi holatini ko'zdan kechirdi. 

 Maktabdagi isitish tizimining ishlash holati, sinf xonalari va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

 Deputat tomonidan ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalasi doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2