Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
“Sobir Abdulla” mahallasida fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga “Saodat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim hamrohligida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Ambar ko‘chasi, 1-uyda yashovchi fuqaro D.Toshboyeva bilan suhbat o‘tkazilib, unga ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar, oilaviy sharoiti hamda mavjud ehtiyojlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida D.Toshboyevaga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun vaucher berilgani, shuningdek, uning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur ko‘maklar fuqaroning kundalik ehtiyojlarini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kelgusida mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Deputat tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2