Yangi hafta vazifalari va Kengashlar faoliyati samaradorligi muhokama qilindi
🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirokida videokonferensiya shaklida navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Samarqand viloyat bo‘linmasi rahbari E.Ulug‘murodov va viloyat Saylov komissiyasi raisining o'ribnbosari S.Nazarov ham ishtirok etdi.
🇺🇿 Yig‘ilishni viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov olib bordi.
⚡️ Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
💠 Deputatlik nazorati va joylardagi o‘rganishlar — hududlarda aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilayotgan natijalar tahlil qilindi.
💠 Sessiyalarni tashkil etish — kun tartibidagi masalalarni puxta tayyorlash, hujjatlarni o‘z vaqtida shakllantirish va sessiyalarni sifatli o‘tkazish vazifalari muhokama qilindi.
💠 Qarorlar ijrosi va hujjatlar bilan ishlash — Kengash qarorlarini qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, ularning ijrosi va natijadorligini muntazam nazorat qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
💠 Kadrlar salohiyatini oshirish — kotibiyatlarda malakali mutaxassislarni tanlash, xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ish jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
💠 Axborot siyosati va jamoatchilik bilan aloqalar — deputatlar va Kengashlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng va sifatli yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.
⚡️ Yig‘ilish yakunida shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlariga belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va Kengashlar ishining samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.