IJRO INTIZOMI NAZORATI BO‘YICHA ISHCHI GURUH SHAKLLANTIRILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-martdagi 171-son qarori ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.
✅ Ishchi guruh tomonidan tumandagi tegishli tashkilotlarda ijro intizomining holati, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, elektron nazorat tizimi bilan ishlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari o‘rganiladi.
📋 O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan tahlil qilish uchun tegishli savollar ishlab chiqildi.
✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan takliflar tayyorlanib, ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan tegishli choralar belgilanishi ko‘zda tutilgan.