Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
Kotib

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish — ma’naviy taraqqiyot poydevori

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputatlari Shuxrat Fayziyev va Shoanvar Shomaxmudov yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yana kuchaytirish borasida amalga oshirlayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kitob mutolaasi yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish, nutq madaniyatini yuksaltirish, bilim va tafakkurini oshirish hamda ularni ma’naviy barkamol insonlar etib tarbiyalashning muhim vositasidir.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish va kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlar orasida kitobxonlik tanlovlari, adabiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlari va mutolaa kechalarini tashkil etish ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda kitobxonlikka bo‘lgan mehrini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Zero, kitob — bilim manbai, tafakkur chirog‘i va ma’naviyat ko‘zgusidir. Kitobxon yoshlar — yurtning porloq kelajagi!

Slide 1 of 3