Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Yu.Ibragimov tomonidan “G’ayratiy”MFYda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda.

✅Deputat tomonidan ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolarning ijtimoiy, tibbiy va ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash hamda aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash masalalari nazoratga olingan.

💼Shuningdek:
▪️Ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;
▪️Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish;
▪️Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
▪️Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish.

🏗Mahalla hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish, yoritish tizimlarini yaxshilash va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ham deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.

🤝Belgilangan vazifalar ijrosi mahalla yettiligi, tuman hokimligi, tegishli tashkilotlar va mas’ul mutaxassislar bilan hamkorlikda monitoring qilib boriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1