Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
IPAKCHI MAHALLASIDA AHOLI TURMUSH SHAROITI VA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI O‘RGANILDI

Aholi muammolarini manzilli aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda joylarda davlat siyosati ijrosini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash doirasida 2-Saxovat saylov okrugidagi Ipakchi mahallasida deputat S.Azizov tomonidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning demografik ko‘rsatkichlari va ijtimoiy holatiga e’tibor qaratildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ipakchi mahallasida 3 900 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 1 134 ta oila va 1 004 ta xonadon mavjud.

Mahalladagi ijtimoiy vaziyatni baholashda reyestrga kiritilgan oilalar holati alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Ipakchi mahallasida jami 104 ta oila tegishli reyestrga kiritilgan. Ularning 28 tasi davlat ta’minotidagi oilalar, 66 tasi kambag‘al oilalar, 10 tasi esa kambag‘allik chegarasidagi oilalardir.

Ushbu ko‘rsatkichlar mahallada ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, ularning muammolarini chuqur o‘rganish va har bir xonadonning sharoitidan kelib chiqib manzilli choralar belgilash zarurligini ko‘rsatadi. Bunda oilalarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va ularni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan amaliy ishlar muhim o‘rin tutadi.

Deputatlik o‘rganishlarining asosiy maqsadi — mavjud holatni qayd etish bilangina cheklanmay, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyatiga e’tibor qaratish hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali nazoratni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Ipakchi mahallasida amalga oshirilgan o‘rganishlar ham hududdagi ijtimoiy holatni xolis baholash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada manzilli tashkil etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3