Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
Tadbirkorlarning muammolari tinglanib, amaliy yechimlar belgilandi

Tadbirkorlarning muammolari tinglanib, amaliy yechimlar belgilandi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi A. Kamalov “Zarafshon” va “Mehribonlik” mahallalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyati, muammo va takliflari bilan yaqindan tanishdi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, mavjud ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish va muloqot jarayonida
24 talik tavsiyalarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan yo‘nalishlari asos qilib olindi. Shu bilan birga, Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-328-son, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni,
O‘RQ-642-son hamda tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid qonunchilik talablari o‘rganildi.

Tadbirkorlik faoliyati erkinligi va tadbirkorlik subyektlarining huquqiy manfaatlarini himoya qilish davlat tomonidan kafolatlanadi. Shu bois uchrashuvda bildirilgan murojaat va takliflarni amaliy jihatdan hal etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot yakunida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, tadbirkorlar bilan tizimli ishlash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 3