Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
#Sessiya oldi okruglarda o‘rganish

#Sessiya oldi okruglarda o‘rganish

🛡 SESSIYA OLDIDAN SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANISH

🔹 Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman IIB boshlig‘ining jinoyatchilikning oldini olish va uni kamaytirish, profilaktik ishlarni samarali tashkil etish hamda hududdagi kriminogen vaziyat tahliliga bag‘ishlangan hisobotini eshitish masalasi kiritilgan.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining 22-“Jalaer” saylov okrugi deputati M. Otaboeva hududidagi “Jalaer” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash kotibiyati mudiri A. Sobirov va kotibiyat bosh mutaxassisi S. Boboyevlar MFY raisi B. Egamov ishtirokida profilaktika inspektorining xizmat faoliyati o‘rganildi.

🟢 “Jalaer” mahalla fuqarolar yig‘ini jinoyatchilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha “yashil” hudud toifasiga kiradi. Hududda jinoyatchilik holatlarining qayd etilmagani huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini ko‘rsatadi.

🔹 Shu bilan birga, mahallada jinoyatchilikning oldini olish va uning barvaqt aniqlanishini ta’minlash maqsadida profilaktik nazoratdagi shaxslar bilan manzilli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda hududda JIEMdan qaytgan 10 nafar shaxs nazoratga olingan bo‘lib, ularning 2 nafari ayollar, 1 nafari yoshlar vakillaridir. Mazkur shaxslar bilan profilaktik suhbatlar, tushuntirish ishlari hamda ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishga qaratilgan ishlar muntazam olib borilmoqda.

🔹 Hududda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham samarali foydalanilmoqda. Xususan, 4 ta asosiy chorraha va aholi gavjum joylarga yuzni tanish tizimiga integratsiya qilingan videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

🔹 Bundan tashqari, hududdagi barcha savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda ijtimoiy soha obyektlari videokuzatuv kameralari bilan qamrab olingan. Bu esa jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga tezkor munosabat bildirish imkonini yanada oshirmoqda.

🔹 O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, muammoli oilalar va profilaktik nazoratga olingan fuqarolar bilan ishlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunida “yashil” hudud maqomini barqaror saqlab qolish, profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, nazoratdagi shaxslar bilan manzilli ishlarni davom ettirish, zamonaviy videokuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish hamda hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

✅📱📣Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi

Slide 1 of 1