Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
#24_ta_masala #5_band_ijrosi #Deputat_nazorati 🏛 ISTIQLOL MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxromov tomonidan 19-Navoiy saylov okrugi hududidagi Istiqlol mahallasida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.
🔴 MUAMMO
Mahallada og‘ir ahvolga tushib qolgan hamda og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganish hamda zarur yordam bilan qamrab olish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
👤 DEPUTAT NAZORATI
O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand shaxslar va oilalar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash hamda mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati ko‘rib chiqildi.
🔧 AMALIY CHORA
Aniqlangan ehtiyojlardan kelib chiqib, og‘ir vaziyatga tushib qolgan va xavf guruhidagi shaxslar hamda oilalarga kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularni mavjud ijtimoiy ko‘mak choralari bilan qamrab olish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish vazifalari belgilab olindi.
✅ NATIJA
Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalar bilan ishlash holati deputatlik nazoratiga olinib, ijtimoiy xizmatlarning manzilli, sifatli va samarali ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2