Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
.IIlg‘or” mahallasida obodonlashtirish masalalari ko‘cha-mahalla kesimida o‘rganildi

IIlg‘or” mahallasida obodonlashtirish masalalari ko‘cha-mahalla kesimida o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov boshchiligida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, viloyat Kengashi deputati I. Atabayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A. Nurmatov ishtirokida “Ilg‘or” mahallasi hududidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘cha-mahalla kesimida o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, piyodalar harakati uchun ajratilgan hududlar, yo‘l va yo‘l chetlari, aholi xonadonlari atrofi, mavjud daraxt va yashil hududlarning holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududni yanada obod va ko‘rkam holga keltirish, sanitariya va tozalik talablariga rioya etish, ko‘chalarni tartibga keltirish hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur ishlar “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish va aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Obodonlashtirish ishlarini ko‘cha va hududlar kesimida manzilli tashkil etish orqali “Ilg‘or” mahallasida tozalik, tartib va yashil hududlarni yanada yaxshilash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3